O‘zbekiston | 10:22 / 08.05.2020
17855
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident O‘zbekistonda matematikani rivojlantirish bo‘yicha qaror imzoladi

Har bir tuman va shaharda matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilib, ularga o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.

“Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Qarorga ko‘ra, har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda maktab direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.

Matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika ta'lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid