Budjet xarajatlari optimallashtiriladi
Parlament yuqori palatasi a'zolari to‘rtinchi yalpi majlis doirasida “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdi.

Foto: Shutterstock
Qonun prezidentning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti barqarorligini ta'minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Qonunning qabul qilinishi koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Farmonga muvofiq Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilganligi munosabati bilan respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritilib, Qonunning 5-ilovasi yangi tahrirda berilmoqda.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining qarorlariga asosan ayrim davlat boshqaruv organlari tuzilmasida ma'muriy o‘zgartirishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, yillik budjet to‘g‘risidagi qonun birinchi marta joriy etilishi munosabati bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim holatlardan kelib chiqib, boshqa o‘zgartirishlar ham kiritish zarurati paydo bo‘lgan.
Shuningdek, prezident qaroriga asosan respublika hamda mahalliy budjetlardan amalga oshiriladigan xarajatlarni qisqartirish yuzasidan tegishli tadbirlar belgilangan va ular ijrosining huquqiy asoslari Qonunda belgilangan. Xususan, respublika budjetidan advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatilganligi uchun haq to‘lash, fermer xo‘jaliklari tomonidan iste'mol qilinadigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun hamda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun beriladigan subsidiyalar mahalliy budjetlar orqali moliyalashtirishi belgilanayotganligi sababli hududiy budjetlarga beriladigan transfertlar ko‘paytirilmoqda.
Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat budjetining barqarorligini ta'minlash maqsadida budjet xarajatlari optimallashtirilmoqda hamda ustuvor yo‘nalishlarga, ya'ni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va uning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga safarbar qilinishi nazarda tutilgan.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Okeanda plastikni «yeyishga» qodir zamburug‘lar topildi
Fan-texnika | 01:40
-
Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Fan-texnika | 01:09
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47 / 07.04.2025
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03 / 07.04.2025
Mavzuga oid

16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi

16:05 / 26.12.2024
Budjet hisobidan qurilayotgan obektlarga 30 foiz miqdorida avans ajratiladi

21:39 / 01.11.2024
2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan

22:55 / 30.12.2023