O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda
Bugun respublika hududiga Turkmanistondan quruq va nam havo oqimi kirib kelishi natijasida O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va kam bulutli bo‘ladi. Kunduzi harorat 28-33 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy tumanlariga Kaspiy dengizi hududidan nam havo kirishni boshlaydi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 11 may kechga borib va 12 mayda Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, 12 may kunning ikkinchi yarmida Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi sekundiga 15-20 m/s ga kuchayishi mumkin, shamol shiddat bilan esganda uning tezligi 23-28 metrgacha yetadi. Respublikaning qolgan hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat 27-32 darajani tashkil qiladi.
13-14 may kunlari nam havo oqimi butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin.
13 mayda faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. 14 mayda Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Kavkaz hududidan kelayotgan sovuq front o‘tishi natijasida 13-14 may kunlari respublika hududining katta qismida havo haroratining 18-23 darajagacha pasayishi kutilmoqda, bu may oyi uchun xos bo‘lgan me'yoriy haroratdan 8-10 darajaga pastdir.
15 may kuni O‘zbekiston hududida ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Kunduzgi harorat 3-5 darajaga ko‘tariladi.
Mavzuga oid
11:55 / 15.11.2024
16 noyabr kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin
11:46 / 14.11.2024
15 noyabr kuni ayrim hududlarda harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
10:27 / 13.11.2024
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024