Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni qariyb 2000 nafarga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Surxondaryoda yana 6 bemor tuzalib, jami tuzalganlar soni 2000 nafarga yaqinlashgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Surxondaryo viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aygan va reabilitatsiyaga kuzatilgan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning barchasi erkak bo‘lib, xalqaro yuk tashish avtomashinasi haydovchilari bo‘lgan 3 nafari Qozog‘iston orqali, 2 nafari esa Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan 2 nafari Farg‘ona viloyatidan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ularning eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 24 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida shifo topganlar soni 616 nafarga yetdi.
Surxondaryoda tuzalgan 35 yoshli bemor (ayol) Farg‘ona viloyatidan bo‘lib, Moskva – Termiz yo‘nalishidagi charter reys bilan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar soni 36 nafarga yetdi.
Shu tariqa, bugunning o‘zida 107 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1988 nafarni tashkil etmoqda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2482 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 484 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025