O‘zbekiston | 13:33 / 12.05.2020
6175
4 daqiqa o‘qiladi

Birjada bir haftada qancha shakar va benzin sotilgani ma'lum qilindi

O‘tgan hafta, 4 – 10 may kunlari davomida "O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi"ning barcha savdo platformalarida 1,06 trln so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 15 foizga ko‘p.

Sotuvlarning 92 foizi birja savdolari, 4 foizi ko‘rgazma-yarmarka savdolari, 4 foizi elektron davlat xaridlari va 0,3 foizi avtoraqamlarning onlayn auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 350,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining 9,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 781ta avtoraqamlar sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 97 foiziga o‘sib, 3,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 21,0 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 46,7 foizi ikkinchi va 32,3 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 976,3 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, o‘sish – 17 foizi tashkil etdi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, jumladan:

Paxta yog‘i. O‘tgan haftada birja savdolariga 1 976,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 821,0 tonnasi, ya'ni 41,5 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 51 ta savdo ishtirokchisini ishtirok etishdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9,3 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha, ya'ni 2 foizga pasaydi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 2 foizga o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9,8 mln so‘mni tashkil etdi.

Shakar. Taklif darajasi yuqori bo‘lganligi sababli birjaning shakar bozorida barqarorlik saqlanmoqda. O‘tgan haftada birja savdolariga 16 000,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 7 173,0 tonnasi, ya'ni 45 foizi sotildi.

Birja savdolarida har kuni o‘rtacha 20 ta xaridorlar ishtirok etishdi va bu avvalgi haftaga nisbatan 26 foizga kamdir. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi kichik pasayish bilan shakarning bir tonnasi uchun 5,2 mln so‘mni tashkil qildi.

Benzin. O‘tgan haftada birja savdolariga 79 609,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 15 633,0 tonnasi, ya'ni 20 foizi sotildi.

Birja savdolarida “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalari, avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalari va benzinni o‘z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

AI-80 markali avtomobil benzinning boshlang‘ich narxi 1 may holati bilan solishtirganda sotuvchi korxonalar tomonidan 3,8 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha, ya'ni 7,4 foizga ko‘tarildi. Shu bois, AI-80 benzinning o‘rtacha kunlik narxlari ham mos tarzda 3,8 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha, ya'ni 7,4 foizga o‘sdi.

AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi benzinning bir tonnasi uchun 4 mln so‘mni, AI-91 benzinni narxi – 5,8 mln so‘mni tashkil etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid