Temir yo‘lda bojxona nazoratidan o‘tkazish qoidalari tasdiqlandi
Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining qo‘shma qarori bilan Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yukini, bagajini, valutasini va valuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Jismoniy shaxslar qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tayotganda bir vaqtning o‘zida tovarlarni taqdim etgan holda deklaratsiyalaydi.
Norma’ning yozishicha, qiymati yoki miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normalaridan ortiq bo‘lgan tovarlarning ortiq qismiga nisbatan bojxona to‘lovlari solinadi.
Jo‘nab ketayotgan va kirib kelayotgan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki, bagaji, valuta va valuta qimmatliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish, odatda, belgilangan tartibda o‘tkazish punktlari xonalarida (ko‘rikdan o‘tkazish zallarida), shuningdek belgilangan hollarda – poyezdlarda ularning to‘xtab turish vaqtida amalga oshiriladi.
Bagajning bojxona rasmiylashtiruvi temir yo‘l vokzallari, stansiyalari yuk bagaji bo‘linmalarining belgilangan joylarida va bojxona organi tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda amalga oshiriladi.
Nizomda barcha turdagi bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun vaqt me'yorlari belgilangan, xususan bitta yo‘lovchining qo‘l yuki, bagaji, valuta va valuta qimmatliklarining bojxona ko‘rigi, bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish 1,5 daqiqa ichida, yo‘lovchini shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish zarurat bo‘lganda 30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilarning, shuningdek poyezd brigadasi a'zolarining qo‘l yukini, bagajini, valutasini va valuta boyliklarini rasmiylashtirish belgilangan shaklda 2 nusxada bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirgan holda, bojxona rasmiylashtiruvi joylarida amalga oshiriladi.
Yo‘lovchi tashish poyezdida qo‘l yuki va bagaj tashishning alohida qoidalari belgilandi. Xususan, qo‘l yukini yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan joylarga, shuningdek o‘tirg‘ichlar o‘rtasidagi o‘tish joylari, yo‘laklar, vagon maydonchalari (tamburlar)ga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Temir yo‘l rahbariyati bir vaqtning o‘zida bitta temir yo‘l stansiyasiga ikki va undan ortiq poyezd tarkibining kirib kelishi yoki chiqib ketishini istisno qiladigan yo‘lovchi tashish poyezdlarining harakat jadvali ishlab chiqilishini ta'minlashi shart.
Hujjat 2.05.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
21:05 / 30.09.2024
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
19:06 / 23.08.2024