Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank sektorining asosiy muammolari ma'lum qilindi
Prezident «2020–2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda bank sektorining asosiy muammolari quyidagilardan iborat:
Davlat resurslariga yuqori bog‘liqlik va imtiyozli kreditlarning yuqori ulushi - umumiy portfelining 60 foizdan ortiq;
Moliyaviy barqarorlikning yetarli emasligi - 2017-2019 yillarda yuqori likvidli aktivlarning ulushi 23 foizdan 11 foizgacha kamaydi;
Xavflarning yuqori konsentratsiyasi - davlat ishtiroki mavjud har bankning top-10 qarz oluvchilari ulushiga umumiy kredit portfelining 36 foizi to‘g‘ri keladi;
Davlatning dominant o‘rni - aktivlarning 85 foizi;
Moliyaviy xizmatlarning past darajadagi mavjudligi - kreditlarning faqat 19 foizi jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi (dunyoda - 40 foiz).

Bildirilishicha, strategiya 4ta asosiy vazifani hal qilish imkonini beradi. Bular:
Bank tizimi samaradorligini oshirish;
Uning moliyaviy barqarorligini ta'minlash;
Sektorda davlat ulushini kamaytirish;
Xizmatlar ko‘lami va sifatini yaxshilash.
Mavzuga oid
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025
Sertifikatlashda yengillik: 2026 yildan ayrim majburiy talablar bekor qilinadi
11:48 / 25.11.2025