Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2300dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent bemorlarning navbatdagi guruhi koronavirusdan sog‘aygani to‘g‘risida xabar berdi.
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 39 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.
Tuzalganlarning 3 nafari Tojikiston Respublikasidan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli egizaklardir.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 733 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 772 nafarga yetdi.
Bundan avvalroq Namangan va Samarqandda jami 28 kishi koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgani xabar qilingandi.
Shunday qilib, bugun jami 67 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Shuningdek, 26ta yangi zararlanish holati qayd etildi.
Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2314 nafarni tashkil qilmoqda. Shifoxonalarda yana 452 bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025