Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2900dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 47 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 20 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2927 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 28tasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar bilan bog‘liq.
Shuningdek, xorijdan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan 19 kishida (15 nafari Qozondan, 4 nafari Sankt-Peterburgdan charter reyslari orqali) virus aniqlangan.
Bugun hozircha jami 72ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 28 bemor tuzaldi.
Shu vaqtgacha 2366 kishi koronavirusdan butunlay sog‘aydi, ayni vaqtda shifoxonalarda 548 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025