Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh dengiz kuchlari birinchi marta dronga qarshi lazer qo‘lladi (video)
AQSh harbiy-dengiz kuchlari Tinch okeanida uchuvchisiz parvoz qurilmasini yo‘q qilish uchun lazer quroli qo‘lladi.
Bu haqda AQShning Tinch okeani floti qo‘mondonligi xabar berdi.
Sinovlar 16 may kuni o‘tkazilgan. Lazer qurilmasi Pyorl-Xarbor bazasi yaqinida joylashgan USS Portland desant-transport kemasi bortiga o‘rnatilgan bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, State Laser Weapons System Demonstrator deb nomlangan lazer tizimi sinovdan o‘tkazilgan.
Ushbu sinov aks etgan qisqa videoda kema tumshug‘ida o‘rnatilgan lazer qurilmasidan dengiz sirti bo‘ylab ketuvchi yorqin nur chiqqanini, so‘ngra osmonda yonayotgan dronni ko‘rish mumkin.
Bu AQSh flotida lazer qurolining birinchi qo‘llanishi emas, ammo u dronga qarshi ilk bor qo‘llangan.
2019 yil oktyabrda AQShda kichik kemalar va dronlarga qarshi jangovar lazer yaratilgani ma'lum bo‘lgandi. Uni USS Portland kemasiga o‘rnatish rejalashtirilgandi. Ta'kidlanishicha, ushbu lazer Northrop Grumman korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026