O‘zbekiston | 13:01 / 25.05.2020
72111
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Bugun O‘zbekiston hududida Eron tomondan issiq havo kirishiga sabab bo‘lgan balandlikdagi yuqori bosimli qatlam ta'siri saqlanib turadi.

Butun respublika bo‘yicha ob-havo ochiq bo‘ladi. Kunduzgi harorat 36-39 darajani tashkil qiladi, shimoliy hududlar va cho‘l zonasida ayrim joylarda 40-41 darajagacha yetadi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, balandlikdagi yuqori bosimli qatlam haftaning oxirigacha mamlakatdagi ob-havo sharoitlariga ta'sir qiladi. Ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida 27-28 may kunlari shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Harorat 34-39 daraja atrofida bo‘ladi. Respublikaning shimoli, cho‘l zonasi va janubida harorat bundan ham issiq, 40-41 darajagacha yetadi, bu butun hududimiz bo‘yicha may oyining so‘nggi kunlari uchun xos o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori, va eng issiq yillarda shu kunlarda kuzatilgan haroratlardan bir oz pastdir.

Toshkentda may oyida haroratning mutlaq maksimumi 39,9 darajani, respublikaning janubiy viloyatlari va cho‘l zonasida ayrim joylarda 43-44 darajani tashkil qilgan.

Mavzuga oid