Jahon | 16:12 / 26.05.2020
5301
1 daqiqa o‘qiladi

Belarusdagi AES qurilishida 100ga yaqin ishchi koronavirusga chalindi

"Rosatom"ning Misrdagi obektida ham koronavirusga chalinish bilan bog‘liq bitta holat aniqlangan.  

Foto: DPA

Belarus atom elektr stansiyasi (BelAES) quruvchilari orasida koronavirusga chalinish holatlari aniqlandi

"Belarusdagi maydonda 100ga yaqin holat qayd etildi. Ular nafaqat bizning ishchilar, balki Belarus buyurtmachisi vakillari hamdir", - dedi "Rosatom" bosh direktori Aleksey Lixachyov soha xodimlariga videomurojaatida.  

Bundan tashqari, "Rosatom"ning Misrdagi obektida ham koronavirusga chalinish bilan bog‘liq bitta holat aniqlangan.  

Rossiyada "Rosatom" obektlarida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar nuqtai nazaridan Smolensk oblastidagi Desnogorsk shahri "muammoli" hisoblanadi. Aleksey Lixachyovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 57 bemor bo‘lib, ularning 42 nafari Smolensk AESi xodimlaridir.

Koronavirusga chalinish oqibatida vafot etgan "Rosatom" xodimlari soni 11 nafarga yetdi, dedi Lixachyov. Korporatsiyaning ma'lumot berishicha, 485 nafar xodim nazoratga olingan.

Mavzuga oid