Rossiya davlat konserni “Rosatom” Germaniyaning Siemens Energy kompaniyasi bilan Vengriyadagi “Pakş” atom elektr stansiyasining ikkinçi navbatini (Pakş-2) quriş uçun zarur komponentlarni yetkazib beriş böyiça şartnomani bekor qilganini ma’lum qildi. Bu haqda seşanba, 17 fevral kuni Reuters agentligi va Politico naşri xabar berdi. “Rosatom” Siemens uskunalari örnini bosadigan variantlar allaqaçon körib çiqilayotganini ham qöşimça qildi.
Rossiya davlat konserni versiyasiga köra, Vengriya AESdagi ikki yangi energoblok uçun boşqaruv elektronikasini yetkazib beriş haqidagi Siemens Energy bilan şartnoma 2025 yil oxirida bekor qilingan, çunki nemis kompaniyasi göyo şartnomaviy majburiyatlarini bajara olmagan. Siemens Energy esa, aksinça, şartnoma bekor qilingan paytda yetkazib beriş imkoni bölgani, ammo buyurtmaçi özi rad etganini aytdi. Nemis kompaniyasi “milliy va xalqaro huquqiy me’yorlarga muvofiq ravişda şartnomaviy majburiyatlarini bajarayotgani”ni ta’kidladi.
Siemens Energy Fransiyaning yadro sohasidagi Framatome kompaniyasi bilan birga “Rosatom” bilan “Pakş-2” loyihasi uçun boşqaruv elektronikasini yetkazib beriş böyiça 2019 va 2020 yillarda şartnomalar imzolagan. Rossiya va Vengriya 2014 yilda “Pakş” AESda 5- va 6-energobloklarni (ya’ni “Pakş-2”) quriş haqida hujjatlarni imzolagan. Ularni ekspluatatsiyaga topşiriş 2030-yillar boşiga rejalaştirilgan.
2025 yil noyabrda Vaşington “Rosatom” tomonidan “Pakş” AESda yangi energobloklar qurilişini sanksiyalardan çiqargani ma’lum bölgan. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio buni stansiyani “albatta tugatiş kerak”ligi va şunda Vengriya energetik jihatdan mustaqil bölişi bilan izohlagan.
Rossiya iştirokida “Pakş” AESni kengaytirişga qarşi sanksiyalar 2024 yil noyabrda AQŞning oldingi ma’muriyati tomonidan joriy etilgan edi. 29 iyun kuni Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto respublikaçi Donald Tramp ma’muriyati bu çeklovlarni bekor qilganini aytgan.
11 sentabr kuni Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi sudi Yevrokomissiyaning Vengriya tomonidan Rossiya bilan hamkorlikda “Pakş” AESda yangi energobloklar qurilişiga moliyaviy hissa qöşişini ma’qullaş töğrisidagi qarorini bekor qildi. Sud Yevrokomissiyada Budapeştning “Rosatom” konserniga qaraşli korxona bilan tender ötkazmasdan töğridan töğri şartnoma tuzişini ma’qullaş uçun yetarli asos bölmagan, deb hisobladi.
2025 yil yanvarda “Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçyov nemis işlab çiqaruvçisini sudga beriş niyati borligini aytgan — sabab, “Rosatom” Turkiyada qurayotgan AES uçun buyurtma qilingan uskuna yetkazib berilmagani.
Siemens Energy DW söroviga javoban, 2020 yilda tuzilgan şartnoma böyiça AES uçun elektr-gaz taqsimlaş uskunasi yetkazib beriş majburiyatini olganini tasdiqlagan. Biroq nemis kompaniyasi uzoq vaqt Germaniyaning Iqtisodiyot va eksportni nazorat qiliş federal idorasi (BAFA)dan zarur eksport ruxsatini kutib turgan. 2025 yil yanvarga kelib bu ruxsat olingan va Siemens Energy şartnoma majburiyatlarini bajarişga tayyor bölgan. Ammo şu vaqtga kelib Rossiya tomoni nemis uskunasiga muqobil variant topgan.











