Muzraf Ikramov Adliya vazirligiga qaytdi
Sobiq Adliya vaziri, so‘nggi bir yil davomida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Muzraf Ikramov prezident qaroriga muvofiq, adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Muzraf Mubarakxo‘jayevich Ikramov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (kunduzgi), 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
2012—2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish bo‘yicha sho‘'ba mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2015 yilning fevralidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri bo‘lgan, 2017 yilning avgustidan 2019 yil martigacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida ishlagan.
2019 yildan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimligida uni yangi lavozimga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi
Jahon | 00:51
-
Erdo‘g‘an muxolifatni Istanbul merining hibsga olinishini siyosiylashtirishda aybladi
Jahon | 00:19
-
Navro‘z bayramida Toshkentda avtobus va metro qanday tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi
Jamiyat | 23:41 / 20.03.2025
-
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
Jahon | 23:39 / 20.03.2025
Mavzuga oid

12:00 / 15.08.2017
Sobiq Adliya vaziri Hisob palatasiga rais bo‘ldi

21:10 / 01.08.2017