Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi Muzraf Muborakxöjayeviç Ikromov lavozimini tark etdi.
Kun.uz manbalari tasdiqlaşiça, sobiq Adliya vaziri endi Qaşqadaryo viloyati adliya boşqarmasi boşliği etib tayinlangan. U bu lavozimda Salohiddin Samadoviç Nuriyev örnida iş boşlaydi.
Muzraf Ikromov 1973 yili 14 sentyabrda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti — oliy, mutaxassisligi — huquqşunos.
U 1990—1995-yillarda Toşkent davlat yuridik institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1995 yili Adliya vazirligi iqtisodiy islohot böyiça qonunçilik va me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlaş hamda huquqiy ekspertiza qiliş boşqarmasi katta maslahatçisi vazifasidan boşlagan. Keyinçalik mazkur boşqarmaning boş maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2007 yili Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tugatgan. 2008—2012-yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro şartnomalar boşqarmasi huquqiy ekspertiza bölimi mudiri bölib işlagan.
2012—2015-yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmatining Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qiliş böyiça şö'ba mudiri, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.
2015 yilning fevralidan Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri bölgan, 2017 yilning avgustida Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida iş boşlagan. Hozirça uning örniga Hisob palatasi raisligiga kim tayinlangani ma'lum emas.








