Özbekiston Respublikasi Prezidenti sobiq Adliya vaziri Muzraf Ikromovni Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi etib tayinladi.
«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi PF-5152-son farmoniga muvofiq Muzraf Mubarakxodjayeviç Ikramov Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi, şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimidan ozod etildi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Bundan avvalroq Jamşid Xöjayev Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangani ma'lum bölgandi.
14 avgust kuni Muzraf Ikromov örniga Ruslanbek Davletov Adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.
Muzraf Muborakxöjayeviç Ikromov 1973 yili 14 sentabrda Toşkent şahrida tuğilgan. Ma'lumoti — oliy, mutaxassisligi — huquqşunos.
U 1990—1995-yillarda Toşkent davlat yuridik institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1995 yili Adliya vazirligi iqtisodiy islohot böyiça qonunçilik va me'yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlaş hamda huquqiy ekspertiza qiliş boşqarmasi katta maslahatçisi vazifasidan boşlagan. Keyinçalik mazkur boşqarmaning boş maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2007 yili Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tugatgan.
2008—2012-yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro şartnomalar boşqarmasi huquqiy ekspertiza bölimi mudiri bölib işlagan.
2012—2015-yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmatining Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qiliş böyiça şö'ba mudiri, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat körsatgan.
2015 yilning fevralidan Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida işlab kelgan.








