Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda belgilanmagan yo‘ldan harakatlanish haydovchining o‘limi bilan tugadi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 22 may kuni soat 17:50da 49 yoshli E.X. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “TTZ” rusumli tirkamali traktorda Surxondaryo viloyati Uzun tumanni “Chinor” mahallasi hududidagi adirlikdan avtomashinalar harakatlanishi uchun mo‘ljallanmagan yo‘ldan pastga yo‘nalish bo‘ylab tushib harakatlanib kelayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lning chap tomon qismida mavjud bo‘lgan qurigan ariqqa ag‘darilib ketib, yo‘l transport hodisasiga uchragan. Oqibatda fuqaro E.X. hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026