Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini o‘tkazish tartibida o‘zgarish bo‘ladi
Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini o‘tkazish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tanlovlar bolalar musiqa va san'at maktablari, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, professional ta'lim muassasalari o‘quvchilarining ijodiy tanlovlari musiqa ijrochilari o‘rtasida har ikki yilda bir marta, uch turda o‘tkaziladi.
Tanlov Ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktablari,
maktab-internatlari, professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Tanlovning dasturi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi va tanlov o‘tkazilgunga qadar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tanlov topshiriqlarining murakkabligiga qo‘yiladigan talablarning oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq bo‘lishini ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:12 / 07.04.2026
Qurolli Kuchlar tizimida kitobxonlik tanlovi o‘tkaziladi, g‘olibga elektromobil beriladi
21:00 / 03.04.2026
Toshkent davlat tibbiyot universiteti: xorijiy talabalar uchun nufuzli tanlov
19:00 / 03.04.2026
Mundialga yo‘l: O‘zbekistonda Kia x FIFA 2026™ mijozlar o‘rtasidagi tanlov g‘oliblari aniqlandi
17:45 / 20.10.2025