Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus sababli Avstraliyada 100dan ortiq gazetani chop etish to‘xtatiladi
Koronavirus pandemiyasi sababli bosma nashrlardagi reklamalardan keladigan daromad pasayib ketgan.
News Corp. mediakorporatsiyasi Avstraliyadagi yuzdan ortiq gazetani chop etishni to‘xtatadi. Bu haqda korporatsiyaning Avstraliyadagi bo‘linmasi rahbari Maykl Miller ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 36ta gazeta butunlay yopiladi, qolganlari esa 29 iyundan raqamli shaklga o‘tadi.
Maykl Miller bu ko‘plab ishdan bo‘shatishlarga olib kelishini tasdiqladi.
Uning aytishicha, korporatsiyaning raqamli nashrlari auditoriyasi 60 foizga o‘sishiga qaramasdan, koronavirus pandemiyasi sababli bosma nashrlardagi reklamalardan keladigan daromad pasayib ketgan.
Millerning qayd etishicha, bo‘linma faoliyatini qayta ko‘rib chiqish natijasida koronavirus pandemiyasi sababli jabr ko‘rgan ko‘plab bosma nashrlarni saqlab qolishdan ma'no qolmaganligi ma'lum bo‘lgan.
The Sydney Morning Herald va The Age nashrlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, kompaniyani restrukturizatsiya qilish oqibatida 500dan ming nafargacha kishi ishini yo‘qotishi mumkin.
The Australian, The Daily Telegraph va The Herald Sun kabi gazetalarni nashr etuvchi News Corp. avvalroq,Buyuk Britaniya va Avstraliyadagi ko‘rsatkichlar pasayib ketganligi sababli daromad 7,8 foizga tushib ketganligini bildirgandi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026