Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda muxbir jonli efirda hibsga olindi
AQShda politsiyachilar muxbirga reportajni yakunlashga imkon bermay, millionlab tomoshabinlar ko‘z o‘ngida uning qo‘liga kishan solib, o‘zlari bilan olib ketishdi.
Voqea oxirgi kunlarda tartibsizliklar bilan qamrab olingan Minneapolis shahrida yuz bergan. Omar Ximens “Yangi kun” dasturi efirida yuz berayotgan tartibsizliklar haqida so‘zlayotganda, uning yoniga politsiyachilar kelib, dastur boshlovchilari va millionlab teletomoshabinlar ko‘z o‘ngida uni hibsga olishgan. Ular muxbirning nima uchun hibsga olinayotgani haqidagi savoliga javob berishmagan. Yuz berayotgan voqeani CNN’ning suratga olish guruhi operatori kameraga qayd qilgan.
Keyinroq CNN matbuot xizmati Twitter’da suratga olish guruhining qolgan a'zolari ham hibsga olinganini ma'lum qilgan.
Minneapolis shahrida Jorj Floyd ismli afroamerikalik erkak politsiyachilar tomonidan ushlanish vaqtida o‘ldirilgandan keyin ommaviy noroziliklar boshlangan. Minneapolis meri AQSh prezidenti Donald Trampdan shaharga milliy gvardiya kuchlarini kiritishni so‘ragach, Minneapolis, Sent-Pol shaharlari va yaqin atrofdagi aholi punktlariga tartibsizliklarni bostirish uchun milliy gvardiyaning 500 jangchisi yuborilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026