Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini qat'iylashtiruvchi farmonni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi xabari “yolg‘on saqlovchi xabar” sifatida belgilangandan keyin mutasaddi idoralarga ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini tartibga solishda ko‘proq huquq berishi kutilayotgan farmonni imzoladi.
Farmonning imzolanishida jurnalistlar ishtirok etmagan. Farmon matni hali e'lon qilinmagan.
Bundan bir kun avval Tramp ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha choralar kiritishi yoki umuman ularni yoptirishi mumkinligini, chunki ular uning fikricha, respublikachilarga o‘z qarashlarini ifodalashda to‘sqinlik qilishga urinayotganini aytgan.
“Respublikachilarda ijtimoiy tarmoqlar o‘z platformalarida konservatorlar ovozini to‘liq o‘chirgani hissi yuzaga keldi. Biz ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini qat'iy tartibga solamiz yoki umuman ularni yopamiz, chunki voqealarning bunday rivojlanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Bundan avval Twitter ijtimoiy tarmog‘i Trampning ikkita xabarini “yolg‘on saqlovchi xabar” sifatida belgilagandi. Tramp bu tvitlarida prezident saylovlarida pochta orqali ovoz berish ko‘plab soxtalashtirishlarga olib kelishini aytgan. Ijtimoiy tarmoq Trampning bu gaplari rostligini tekshirib ko‘rish uchun foydalanuvchilarga prezidentning bu ta'kidlari noaniqligi va asossizligi haqidagi xabarlarga o‘tishni taklif qilgan.
Tramp ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi hisoblanadi. U har kuni Twitter’da xabarlar e'lon qilib boradi. Ba'zida bu xabarlar soni kuniga o‘nlab va hattoki yuzlabgacha yetishi mumkin. Yaqinda Tramp xabarlarni o‘zi yozishini, biroq vaqti bo‘lmaganda xabarlar matnini ularni e'lon qiluvchi yordamchisiga aytib turishini ma'lum qilgan. Shuningdek, Trampning xabarlari Facebook va Instagram’da ham muntazam paydo bo‘lib turadi.
Trampning ta'kidlashicha, u ijtimoiy tarmoqlarni amerikaliklarga OAV vositachiligisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yo‘li deb hisoblaydi. AQSh prezidentining fikricha, aksariyat OAV u haqida yolg‘on xabarlar tarqatadi va demokratlarga unga qarshi kurash olib borishda yordam beradi. Tramp oxirgi voqealardan keyin Amerika xalqi bilan bevosita muloqot qila olish uchun Twitter’dagi akkauntini o‘chirmasligini aytgan.
“Agar bizda xolis OAV bo‘lganda, men buni [tvitterdagi akkauntini o‘chirish] tezda qilgan bo‘lardim”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga Oq uyda.
Tramp Twitter’ni fikrlarni ifodalash uchun erkin maydon deb emas, balki “o‘z qarashlarini ilgari suruvchi” muharrir deb hisoblashini aytgan. Trampda xuddi shunday e'tirozlar Google, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga ham bor.
Uning fikricha, ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlar odamlarga OAVdan ko‘proq ta'sirga ega.
Mavzuga oid
19:15 / 14.12.2025
Twitter nomi qafasdan chiqyapti
09:06 / 10.12.2025
Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq kuchga kirdi
18:56 / 10.11.2025
Bolalarni ekrandan uzoqlashtirish uchun ijtimoiy tarmoqlarga taqiq: bu qanchalik samara beryapti?
16:35 / 10.10.2025