Avstraliya dunyoda birinçi bölib 16 yoşga tölmagan şaxslarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlagan mamlakatga aylandi. Mamlakat parlamenti tomonidan 2024 yil noyabrida qabul qilingan qonun çorşanba, 10 dekabrdan boşlab kuçga kirdi.
Yoşlarni internetdagi ta’qib, dezinformatsiya va noqonuniy kontentdan himoya qilişga qaratilgan uşbu taqiq köpçilik yirik platformalarga taalluqli böladi, jumladan TikTok, YouTube, Instagram, Snapchat, Facebook, Reddit va X kabilarga. U WhatsApp messenjeriga, poçta dasturlariga, onlayn-öyinlarga va öquv loyihalariga tatbiq etilmaydi.
Avstraliya boş vaziri Entoni Albaneze jurnalistlarga bergan bayonotida, uşbu qonun bolalarga normal bolalik ötkazişga yordam berişi, ota-onalarga ruhiy xotirjamlik baxş etişi va boşqa mamlakatlar uçun namuna bölib xizmat qilişini aytdi.
Taqiq talablariga böysunmaslik holatida platformalar 49,5 million Avstraliya dollarigaça jarimaga tortilişi mumkin (taqriban 33 million AQŞ dollari yoki deyarli 30 million yevro).
Kanberra hukumati qadamlarining tanqidçilari bunday çorani mutanosib emas, deb hisoblaydi va bu borada mamlakat Oliy sudiga da’vo arizasi ham kiritilgan. Köpçilikning fikriça, ösmirlar şunçaki nazorati yanada qiyinroq bölgan boşqa servislarga ötib ketadi, xolos.
Bir qator mamlakatlar, jumladan Malayziya, Daniya va Norvegiya, şunday taqiqlar joriy qiliş niyati borligini bildirgan. Xuddi şunday çeklovlar ğoyasini Yevropa parlamenti ham qöllab-quvvatlagan.
Germaniyada sörovda iştirok etganlarning katta qismi (77 foizi) bunday qonunni «töliq» yoki «qisman» qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

















