Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya osmonida yirik meteorit portladi (video)
Turkiyaning Trabzon viloyati osmonida yirik meteorit portladi. Antiqa tabiat hodisasi 28 mayga o‘tar kechasi yuz bergan.
Meteoritning yorqin chaqnab portlashini mamlakatning boshqa viloyatlari aholisi ham kuzatgan. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi.
Footage shows a supposed meteorite falling from the night sky, witnessed by people in northern Turkey.pic.twitter.com/Ps1LVsbEOO
— DAILY SABAH (@DailySabah) May 27, 2020
Samo jismining portlashi Armanistonning Kotay viloyati va Rossiyaning Stavropol o‘lkasida ham ko‘ringan.
Meteorit Yer sirtidan ancha yuqorida portlagan. Meteorologlar hozircha bu aynan meteorit bo‘lganini tasdiqlashmagan, biroq obekt samo jismi bo‘lganini taxmin qilishmoqda. Shuningdek, meteorit osmonda to‘liq portlab ketgani yoki uning bo‘laklari yerga tushgani haqida ham ma'lumot yo‘q.
Hurriyet nashrining xabar berishicha, Turkiyaning favqulodda vaziyatlar agentligi ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlagan.
NASA’ning olovli sharlar ma'lumotlar bazasida 1988 yildan beri shunday jismlardan 822 tasi qayd qilingan. O‘rtacha yiliga bunday hodisalardan 25taga yaqin yuz beradi. Yer sirtining katta qismini suv tashkil qilgani sababli, meteoritlarning katta qismi aynan okeanlar va dengizlar ustida portlaydi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026