Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivada Lasetti va Damas o‘rtasidagi YTHda bir kishi vafot etdi
Holat yuzasidan Xiva tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 24 may kuni soat 17:30da haydovchi, 18 yoshli B.S. avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarisiz otasi O.X.ga tegishli bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashinani Xorazm viloyati Xiva tumani “Oq ko‘l” mahallasidan o‘tgan 4R-157A-sonli avtomobil yo‘lining 15-kilometrida boshqarib borayotgan bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 35 yoshli B.V.ning boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada, Damas rusumli avtomashinasi haydovchisi B.V hamda yo‘lovchilar, 19 yoshli O.J. va 32 yoshli I.X. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, O.J.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Xiva tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026