Jahon | 13:22 / 31.05.2020
7821
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp “Katta yettilik” sammitini kuzga qoldirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” sammitini koronavirus pandemiyasi sababli iyun oxiridan sentyabrga ko‘chirdi va unga Rossiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Hindistonni taklif qilmoqchi.

Foto: Handout/Getty Images

“Men “yettilik” dunyoda yuz berayotgan hodisalarni tegishli ravishda taqdim qilayotganini ko‘rmayapman”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga. 

Oq uyning strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Alissa Faraxning aytishicha, “yettilik” uchrashuvi “an'anaviy ittifoqchilarni to‘plab, Xitoy bilan nima qilishni muhokama qilish” uchun imkoniyat hisoblanadi.

Avvalroq AQSh 10 iyunga rejalashtirilgan G7 sammitini iyun oxiriga ko‘chirishi ma'lum qilingandi. O‘tgan hafta Tramp uchrashuv Oq uyda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgandi. Bungacha u uchrashuvning Kemp-Deviddagi qarorgohida o‘tishi imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgan.  

Ayni vaqtda G7 tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya va Yaponiya kiradi. 

Mavzuga oid