Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabi hukumati amirlikning yirik shaharlari bo‘ylab harakatni taqiqladi - OAV
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi amirligi hukumati aholi uchun asosiy shaharlar oralig‘ida harakatlanishiga bir hafta muddatga taqiq joriy etdi. Bu haqda yakshanba kuni Al Arabiya telekanali xabar tarqatdi.
TV kanal bergan axborotga ko‘ra, seshanbadan boshlab aholiga amirlikning yirik shaharlari Abu-Dabi, Al-Ayn va Az-Zafra oralig‘ida harakatlanishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, ko‘rsatib o‘tilgan davrda amirlik poytaxti Ab-Dabidan chiqishga ham ruxsat etilmaydi.
Bunday qaror Abu-Dabi bilan chegaradosh amirliklarda koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarning jiddiy qisqartirilishi tendensiyasi fonida qabul qilinmoqda.
Masalan, Dubay amirligi hukumati 31 maydan boshlab davlat idoralari xodimlarining yarmiga ish joylariga qaytishga ruxsat berdi, 14 iyundan boshlab esa davlat xizmatlarining barcha xodimlari ofislariga qaytishi mumkin. May oyining o‘rtalaridan boshlab Dubayda otellar qoshidagi plyajlar ochilgan, aholiga kichik guruh bo‘lib shaharda sayr qilish va sport bilan shug‘ullanish imkoni qaytarildi. 27 maydan Dubayda kinoteatrlar va sport markazlari ishi tiklangan, shuningdek, ehtiyot choralari ko‘rilgan holda boshqa biznes turlariga ham ertalab 6:00dan tungi 23:00 gacha faoliyat ko‘rsatishga izn berilgan.
BAA sog‘liqni saqlash va profilaktika qilish vazirligining so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlik bilan bog‘liq 31 mingdan ziyod holat qayd etilgan, bemorlarning 18 mingdan ortig‘i tuzalgan, 264 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
00:35 / 18.05.2026
Abu-Dabidagi AES yaqinida dron hujumidan so‘ng yong‘in kelib chiqdi
11:34 / 04.04.2026
Abu-Dabida portlash: strategik gaz obekti nishonga olindi
13:07 / 03.03.2026
Zelenskiy: Rossiya va AQSh bilan uchrashuv boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin
23:52 / 28.02.2026