Tramp Vashingtondagi namoyishlar vaqtida Oq uydagi bunkerga yashiringan - OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp afroamerikalik Jorj Floyd politsiyachi qo‘lidan halok bo‘lgandan keyin 29 may kuni Vashingtonda o‘tgan norozilik namoyishlari vaqtida Oq uyning yer osti bunkerida bo‘lgan.
The New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp namoyishchilar Oq uy oldidagi metall barrikadalarni olib tashlayotganda bunkerga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu bunker avval teraktlar vaqtida qo‘llangan.
CNN telekanalining qo‘shimcha qilishicha, Tramp o‘z qarorgohiga qaytishdan oldin bunkerda bir soatcha qolgan. U bilan bu vaqtda birinchi xonim Melaniya Tramp va o‘g‘li Barron bo‘lgani noma'lum.
Vashingtondagi namoyishlar Floyd o‘limidan keyin butun AQShni qamrab olgan ko‘p sonli namoyishlarning bir qismi bo‘lgan. Erkak 25 may kuni Minneapolisda politsiyachilar tomonidan ushlanish vaqtida politsiyachilardan biri uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turgan. Keyinroq Floyd jonlantirish bo‘limida jon bergan, uning ushlanishi videosi esa internetda tarqalib ketgan.
Mavzuga oid
19:39 / 10.12.2022
Floydning o‘limida aybdor politsiyachiga hukm o‘qildi
09:05 / 28.07.2022
Jorj Floyd ishi: AQShda ikki sobiq politsiyachi 3 va 3,5 yilga qamaldi
20:59 / 01.11.2021
Britaniyada yashash joyiga aylantirilgan yadro bunkeri sotuvga qo‘yiladi
01:43 / 26.06.2021