O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2900dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Navoiyda koronavirus bemorlarining navbatdagi guruhlari tuzalgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
Navoiy viloyatida 42 nafar, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 2 nafar, jami 49 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Jumladan, Navoiyda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (35 nafari Zarafshon shahridan, 4 nafari Xatirchi tumanidan, 2 nafari Konimex tumanidan, 1 nafari esa Uchquduq tumanidan) bo‘lib, 26 nafari erkak, 16 nafari ayol. Ularning yoshi kattasi 64 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan chaqaloq. Endilikda mazkur viloyatda sog‘ayganlar 54 nafarga yetdi.
Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 54 yoshda, yoshi kichigi 31 yoshda. Ularning 3 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (63 yoshli erkak) poytaxtimizdan, yana 1 nafari (33 yoshli erkak) Qozog‘iston Respublikasidan.
Shunday qilib, Toshkent shahrida sog‘ayganlar soni 1127 nafarga yetdi.
Shu vaqtga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 2908 nafarga yetdi.
Hozirda shifoxonalarda jami 795 bemor davolanmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024