Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada o‘zaro janjal odam o‘limiga olib keldi
Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 30 may kuni soat taxminan 12:00da Toshkent viloyatining Zangiota tumani Bo‘zsuv qo‘rg‘oni Madaniyat ko‘chasida, 38 yoshli X.B. 21 yoshli B.N. bilan o‘zaro og‘zaki kelishmovchilik oqibatida janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, keyinchalik B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada, X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida X.B. xonadonidan, hovlini yer qismidan qon dog‘lariga o‘xshash moddalar, bir dona belkurak, bir dona oq-ko‘k rangli qon dog‘lariga o‘xshash moddalar bo‘lgan erkaklar futbolkasi olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (odam o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
19:10 / 09.04.2026