O‘zbekiston | 12:59 / 04.06.2020
19195
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘rikzor» savdo majmuasi faoliyati tiklandi

14 kunlik karantindan keyin «O‘rikzor» savdo majmuasi qayta ochildi. Qurilish materiallari bozori «Stroygorod» majmuasi bundan mustasno.

Bugun, 4 iyun kuni «O‘rikzor» savdo majmuasi qayta ochildi. Faqat qurilish materiallari bozori «Stroygorod» majmuasi bundan mustasno. Bu haqda Uchtepa tuman xokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

So‘nggi bir necha kun davomida Uchtepa tuman xokimiyati tomonidan «O‘rikzor» savdo majmuasining qayta ishga tushishi bo‘yicha xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Ma'lum qilinishicha, bozorga kirishda 3ta dezinfeksiya tunneli o‘rnatilgan, teplovizorlar mavjud, ijtimoiy masofa saqlash talabi qo‘yilgan, yuk avtomobillari uchun maxsus joylar hozirlangan, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasi to‘siq bilan ajratilgan, bozor hududiga eslatmalar tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, «O‘rikzor» savdo majmuasi hududidagi sotuvchilardan birida 23 may kuni koronavirus aniqlangan va bozor vaqtincha yopilgandi.

Keyinroq, 1 iyun kuni bozor sotuvchilaridan yana biriga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi.

Mavzuga oid