«Mamlakatimizning qator hududlari qatori, Toşkent şahrida ham aholi orasida kasallaniş holatlari hamon oşib bormoqda. Jumladan, poytaxtimizda bugun ayni paytga qadar karonavirusga çalingan 10 nafar fuqarodan 4 nafarini aholi orasidan aniqlanganlar taşkil etdi.
Jumladan, «Örikzor» savdo majmuasida dökon sotuvçisi va uning qizida, şuningdek, sotiş uçun mahsulotlarni uşbu savda majmuasidan olib, Yunusobod tumanida joylaşgan dökonida faoliyat körsatuvçi sotuvçi va uning turmuş örtoğida ham koronavirus tasdiqlangan.
Poytaxtimiz, Samarqand va Navoiy viloyatlariga qöşimça ravişda, Namangan va Buxoro viloyatlarida ham kasallaniş holatlarining uçrayotgani barçamiz uçun jiddiy ogohlantiriş signallari ekanini yodda tutişimiz lozim. Uşbu holatlar oddiy, ammo zarur bölgan karantin qoidalarini turmuş tarzimizning bir qismiga aylantirişimiz şart ekanini körsatmoqda.
Şu bois Soğliqni saqlaş vazirligi aholidan zarurat bölmaganda köçaga çiqmaslik, ijtimoiy masofani saqlaş, jamoat va odamlar töplangan joylardan uzoqroq yuriş, doimo tibbiy niqobni taqiş kabi karantin qoidalariga qat'iy amal qiliş lozimligini qayta-qayta sörab qoladi. Uşbu tavsiyalarga özingiz va yaqinlaringiz soğligi uçun amal qiling», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
23 may kuni «Örikzor» savdo majmuasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, bozor vaqtinçalik yopilgani xabar qilingandi.
30 may kuni sotuvçining öğli va qizida ham koronavirus aniqlangani ma'lum qilindi.

















