Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Uçtepa tumanidagi Toşkent katta halqa avtomobil yölida joylaşgan «Stroy gorod» quriliş bozori elektr energiyasidan özboşimçalik bilan uzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi rasmiy izoh berdi.
Izohda bozordagi voqea elektr ta’minotiga boğliq emasligi qayd etilgan. Ma’lum qilinişiça, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan 2025 yil 13 iyunda çiqarilgan hal qiluv qaroriga muvofiq, «OZIQ-OVQAT STANDART KARTON» MÇJga tegişli savdo binolari va xonalarida aniqlangan yonğinga qarşi kamçiliklar va qonunbuzilişlar töliq bartaraf etilgunga qadar, mazkur bozorda iş faoliyatini vaqtinça töxtatiş belgilangan.
Şunga köra, 2025 yilning 27 iyun kunidan boşlab «OZIQ-OVQAT STANDART KARTON» MÇJga qaraşli quriliş mahsulotlari bozori Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi tomonidan vaqtinça yopildi. Bu çora körilgança bozordagi yonğinga qarşi qoidalarga rioya etilişi va kamçiliklar töliq bartaraf etilişi ta’minlanişi zarur.
Fuqarolardan asossiz va tasdiqlanmagan ma’lumotlarga işonmaslik söralgan. Agar Toşkent şahar FVB xodimlarining faoliyatida noqonuniy yoki korrupsion holatlarga guvoh bölinsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 1101 işonç telefoniga qönğiroq qilib xabar beriş mumkin. Xabar bergan fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlari sir saqlanişiga kafolat beriladi.

















