Jamiyat | 10:29 / 04.06.2020
12182
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda qovun eksporti boshlandi

Mirishkor tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi tomonidan qovunlar Rossiyaga eksport qilindi. 

Ayni kunlarda Qashqadaryoda qovun mahsulotlari pishib yetilib, chet davlatlariga eksport uchun yuklanib jo‘natilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kuni-kecha Mirishkor tumanida joylashgan “Umarqulov Abduxoliqjon” fermer xo‘jaligi tomonidan ekologik toza qovunlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi. 

“15 gektar maydonga hosil ekkan ushbu fermer xo‘jaligi tomonidan bugunga qadar og‘irligi 17 tonna 885 kilogramm bo‘lgan, qiymati qariyb 18 ming AQSh dollarlik qovunlar eksporti amalga oshirildi.

Mahsulotlarni eksportga chiqarishda bojxona xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya etilgan holda bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda qisqa fursatlarda amalga oshirilmoqda. 

Bu, o‘z navbatida, chet davlatiga yo‘l olgan mahsulotlarning sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini ta'minlamoqda”, - deyiladi DBQ xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid