Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi Toşkent şahar boşqarmasi Uçtepa tumani bölimi mutaxassislari tomonidan Farhod dehqon bozorida navbatdagi sanitariya-epidemiologik nazorat tadbirlari ötkazildi.
Nazorat işlarida Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari ham iştirok etdi.
Örganişlar davomida bozorda sotilayotgan poliz mahsulotlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekşiruvlaridan ötkazildi. Natijada 21 kilogramm qovunda nitrat miqdori amaldagi gigiyenik me’yorlardan yuqori ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan sanitariya qonunçiligi talablari asosida tegişli çoralar körilib, iste’molçilar salomatligi uçun xavf tuğdirişi mumkin bölgan mahsulotlar savdodan olib taşlandi va brakeraj qilindi.
Şuningdek, tadbirkorlar va sotuvçilarga oziq-ovqat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qiliş böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi.

















