Jamiyat | 07:49 / 05.06.2020
52742
4 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda shifokorlar 6 nafar shaxs tomonidan kaltaklandi

Holat yuzasidan Sayxunobod tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 4 iyun sanasi Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli «Birlashgan» tez tibbiy yordam shoxobchasi navbatchi vrachi va navbatchi feldsheri bilan ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi.

Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filialida o‘rnatilgan «Call»-markaziga Sayxunobod tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro A.B.ning tobi qochganligi bois o‘sha mahalla hududidan o‘tuvchi kanal bo‘yiga tez tibbiy yordam so‘rab, tungi soat 00:13da murojaat qilingan.

Natijada, Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filiali tez tibbiy yordamning «Call»-markazi chaqiruvni Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga qarashli «Birlashgan» tez tibbiy yordam shoxobchasiga uzatgan.

Guliston shahridagi tez tibbiy yordamning «Call»-markaziga kelib tushgan chaqiriqqa asosan «Birlashgan» tez tibbiy yordam shoxobchasining «Damas» rusumidagi tez tibbiy yordam avtomashinasida navbatchi vrach J.O. va navbatchi feldsher V.N. chaqiriq manziliga tungi soat 00:21da yetib borishadi.

Chaqiriq manzilida esa 6 nafar mast holatdagi fuqarolar kutib olishadi va yetib kelgan navbatchi feldsher hamda navbatchi vrachni mashinadan tushishi bilan sababsiz kaltaklashadi. 

Natijada, 1992 yilda tug‘ilgan navbatchi vrach J.O. «BMYoJ Bosh miya chayqalishi. O‘ng qosh sohasi ezilgan-yirtilgan jarohati. O‘ng ko‘z paraorbital gematomasi. Ko‘krak qafasi o‘ng tomonlama yumshoq to‘qimasi lat yeyish» tashxisi bilan hamda 1976 yilda tug‘ilgan navbatchi feldsher V.N. «BMYoJ. Bosh miya chayqalishi. O‘ng qo‘l V-kaft suyagining asosidan yopiq sinishi. Chap chakka sohasi burun va chap yonoq sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. Yuqori lab ichki va tashqi yuzasi teri osti gematomasi. O‘ng ko‘z pastki qovoq sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi» tashxisi bilan Sayxunobod tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga tungi soat 02:00da yotqizildi. 

Tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi shifokorlari vrach J.O. va navbatchi feldsher V.N.ga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatildi. 

Ushbu hodisa ishtirokchisi bo‘lgan 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.Q. va A.B.ni tungi soat 02:00da tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari Sayxunobod tumani TTB olib kelishganida ular o‘ta mast holatda bo‘lgan. 

Mast holatida bo‘lgan 1973 yilda tug‘ilgan A.B.ning o‘ng tizza bo‘g‘imi sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi va shilingani bois unga tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi navbatchi shifokori, vrach-xirurg Jo‘raboy Ashirov tomonidan ambulator yordami ko‘rsatilgan.

Ayni chog‘da ushbu holat yuzasidan Sayxunobod tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid