Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolaga maktabda ko‘rsatilayotgan munosabat undagi tadbirkorlikni so‘ndirmoqda - vazir
O‘zbekiston maktablaridagi tizim bolalardagi tadbirkorlik hissi so‘nishiga sabab bo‘lmoqda, deb hisoblaydi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov.
«Bugun tadbirkorlikni rivojlantirish haqida gapiryapmiz. Bizda azaldan maktab faoliyati bolalarda tadbirkorlikni so‘ndirishga qaratilgan. Faqat «jim o‘tir», «harakat qilma»... Xato qilishga qo‘rqasan...
Tadbirkor bo‘lish uchun xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak, o‘ziga ishonch ortishi kerak», – dedi Shermatov Xalqaro press-klubning 7 iyun kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan sessiyasida.
Vazir ayni shu jihatni ham hisobga olgan holda tarbiya fani maktab dasturiga kiritilayotganini ta'kidladi.
«Bu fanda o‘quvchida mustaqil xarakterni tarbiyalash masalasi qo‘yiladi. Bolalarning o‘zida ishonch paydo bo‘lishi, xato qilishdan qo‘rqmasligiga harakat qilinadi, tadbirkorlik qilish masalalari o‘rgatiladi.
O‘ylaymanki, bu bilan bir qatorda chet tilini yaxshi o‘qitganimizdan keyin bolalardan tadbirkorlar chiqadi», – deya Sherzod Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
20:23 / 12.02.2026
“15 mln kishining ma’lumoti sotuvda turgani yo‘q” - Sherzod Shermatov
11:02 / 12.02.2026
Kiberhujumda 60 mingtaga yaqin shaxsiy ma’lumot tarqalgan – Sherzod Shermatov
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025