Jamiyat | 12:53 / 09.06.2020
4626
3 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda Damas olib berishni va'da qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Foto: Tergov departamenti

Qashqadaryo viloyatida 35 yoshli J.F., aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 38 yoshli O‘.P.ni aldab, unga Qarshi shahridagi MChJ orqali qisqa vaqtda Damas rusumli avtomashina olib berishini va'da qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, u O‘.P.ning ishonchiga kirib, 2019 yil 9 noyabr kuni undan jami 54.000.000 so‘m naqd pullarini olib, ushbu pullarni olganligi to‘g‘risida kvitansiya to‘ldirib berib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bundan tashqari, J.F. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, fuqaro O‘.P.ni aldab, ishonchiga kirib, uning yana yangi avtomashina olish niyati borligidan foydalanib, unga yana shu MChJ orqali Damas-van (yuk tashuvchisi) rusumli avtomashina olib berishini aytib, uni ishontirib, 2020 yil 24 fevral kuni O‘.P.ning jami 53.340.000 so‘m naqd pullarini olib, ushbu pullarni olganligi to‘g‘risida kvitansiya to‘ldirib berib, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro J.F., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Dastlabki tergov jarayonida J.F. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

“Hurmatli fuqarolar, kelgusida firibgarlarga aldanib qolishingizni oldini olish maqsadida, Sizdan yangi avtomashina xarid qilayotganingizda pullarni avtosalon bilan hamkorlikda xizmat ko‘rsatuvchi bank kassasiga to‘lov qilishingiz so‘raladi”, - deyilgan ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid