O‘zbekiston | 10:00 / 10.06.2020
5550
4 daqiqa o‘qiladi

Belarus-O‘zbekiston institutining Navoiy filiali tashkil etiladi

Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining Navoiy shahrida filiali tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining Navoiy shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining Navoiy shahrida filiali tashkil etiladi.

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

injiniring, texnologik jarayonlar, elektronika, IT-dasturlash kimyo hamda viloyat sanoatining boshqa ustuvor tarmoqlari bo‘yicha yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlash;

viloyatdagi sanoat ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqotlar olib borish;

mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini jahon ta'lim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantirish;

sanoat ishlab chiqarishida tejamkorlik, puxta va uzluksiz faoliyatni ta'minlashga yo‘naltirilgan metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, intellektual qurilmalar, mashinalar va ishlab chiqarish, kompyuter mexatronikasi, transport logistikasi va ekologiya tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlarni olib borish, sanoat korxonalarining innovatsion loyihalarini amalga oshirish;

muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan yangi ta'lim dasturlari va o‘qitishning zamonaviy shakllarini, yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;

xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;

ta'lim, ilmiy faoliyat va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish.

Belgilab qo‘yilishicha:

Filial Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi hamda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, ta'limning kelishilgan asosiy yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni, jumladan qo‘shma ta'lim dasturlari asosida tayyorlashni amalga oshiradigan oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi;

Filialda o‘qitish 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlari talablarini e'tiborga olgan holda Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi;

abituriyentlarni qabul qilish, qabul parametrlarini belgilash va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Belarus milliy texnika universitetining belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filialda metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti, IT-dasturlash, intellektual qurilmalar, mashinalar va ishlab chiqarish, kompyuter mexatronikasi, kimyo sanoati texnika-texnologiyalari va ekologiya kadrlar tayyorlashning asosiy yo‘nalish (mutaxassislik)lari etib belgilanadi.

Filial Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Do‘rmon” mahallasi hududida joylashgan Navoiy davlat pedagogika institutining bino va inshootlarida (sobiq Karmana oziq-ovqat sanoati mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji) tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplagan holda “nol” stavkadagi ijara to‘lovi asosida joylashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid