Toshkent shahrida aholi orasida yana 11ta yangi holat aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 24 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 11 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4741 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 11 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahri va 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida hamda 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi», deyiladi xabarda.
Bugun jami 118ta yangi holat aniqlandi, 105 bemor sog‘aydi va tuzalganlar soni 3637 nafarga yetdi.
Shifoxonalarda 1085 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022