O‘zbekiston | 11:25 / 11.06.2020
2701
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligi oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, u yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etish, bu boradagi ishlarga vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini faol jalb etish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishda sog‘lom raqobat muhitini yaratishni nazarda tutgan.

Quyidagilar:

Harbiy-ma'muriy sektorlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazishning asosiy maqsadi va vazifalarini, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo‘yicha tashkiliy ishchi guruh (B. Qurbonov):

joylarda harbiy-ma'muriy sektorlar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatadi;

zarur hollarda, ushbu ishchi guruh faoliyatiga boshqa vazirlik va idoralarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etish choralarini ko‘radi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy organlari bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta'minlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid