O‘zbekistonda Yaponiyaning zamonaviy mobil poliklinikalari ish boshlaydi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiya hukumatining beg‘araz yordam dasturi doirasida yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish loyihasi bo‘yicha hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Uni mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Fujiyama Yoshinori imzoladi.
Grantning umumiy miqdori 500 million iyen (taxminan 4,5 million AQSh dollari)ni tashkil qiladi. Ushbu mablag‘larga ultratovush apparatidan tortib raqamli rentgen apparati, kompyuter tomografiyasi, mammograf kabi zamonaviy texnologiyalardan iborat innovatsion ko‘chma diagnostika stansiyasi (konteyner); PsR laboratoriyasi, ultratovush apparati, raqamli rentgen apparati, mammografdan iborat yuzlab kasalliklarga qisqa fursat ichida aniq tashxis qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘chma laboratoriya (konteyner), shuningdek, yuqumli kasalliklar shifoxonalari uchun 3ta kompyuter tomografi yetkazib beriladi.
«Loyihaning maqsadi – Covid-19 pandemiyasi davrida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi moddiy texnik bazasini yanada mustahkamlashdan iborat. Ta'kidlash joizki, ko‘plab yuqori texnologiyali uskunalarni o‘zida jam qilgan ushbu mobil poliklinikalarni mamlakatimizning istalgan hududiga yetkazish mumkin. Ayniqsa, yuqumli kasalliklar o‘chog‘i paydo bo‘lgan taqdirda zamonaviy diagnostika va laboratoriya jihozlarining to‘liq to‘plamidan iborat konteyner mahalliy aholiga tez va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024