Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy xodimlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar belgilandi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligining qo‘shma qarori bilan Ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi.
Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni tashkillashtiradigan yoki bevosita ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi zarur kasbiy malakaga ega bo‘lgan shaxs ijtimoiy xodim hisoblanadi, deb yozmoqda Norma.
Ijtimoiy xodimlar davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam jarayonini boshqaradilar, turmush sharoitini majmuaviy baholaydilar, ko‘rsatiladigan xizmatlar monitoringini amalga oshiradilar.
Hujjat bilan uch turdagi lavozimdagi ijtimoiy xodimlarning maqomi, vazifalari, funksiyalari va malakaviy talablari belgilangan:
barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassis aholini ijtimoiy himoya qilish hamda ijtimoiy yordam berishning optimal shakllarini aniqlaydi, huquqiy, profilaktik, qo‘llab-quvvatlovchi, reabilitatsion va terapevtik xususiyatga ega psixoijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali shaxslarga og‘ir turmush sharoitidan chiqishga ko‘maklashadi va h.k.;
oila, bolalar va yoshlar bilan ijtimoiy xizmat olib boruvchi ijtimoiy xodim yetim, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, psixojismoniy rivojlanishida nuqsoni yoki nogironligi bo‘lgan bolalarning mulkiy huquqlarini himoya qilishda, ta'lim-tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish va ijtimoiy himoya muassasalarini bitiruvchi hamda mustaqil hayotga qadam qo‘yuvchi bolalarda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda yordam beradi va h.k.;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni parvarish qilish bo‘yicha ijtimoiy xodimning assistenti kompleks ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatadi, xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiladi va uyga yetkazib beradi, taom tayyorlashda, shaxsiy gigiyenaga amal qilishda yordam beradi, turar joylarni yig‘ishtiradi va h.k.
Lavozimlar toifasi: oliy, birinchi, ikkinchi, toifasiz bo‘lishiga qarab malakaviy talablar (ma'lumot darajasi, ish staji va h.k.) belgilangan.
Hujjat 10.06.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
18:46 / 17.04.2026
Voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchining qonuniy vakili instituti joriy etiladi
18:30 / 17.04.2026
Ruhiy holatida buzilish bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy xizmat tizimi takomillashtiriladi
08:32 / 17.03.2026