Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan gaplashdi
Bugun, 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati xabar bergan.
O‘zbekiston hukumati rahbari o‘z hamkasbini bosh vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining yangi sur'atlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar yaqin kunlarda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi. Ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining oxirgi uchrashuvi 2019 yil avgust oyida Bishkekda o‘tkazilgan.
Ma'lumot uchun, Kubatbek Boronov 17 iyun kuni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
12:00 / 25.05.2026
Qirg‘izistonda Starlink interneti ishga tushdi
09:41 / 23.05.2026