Boronovning nomzodini 116 deputatdan 113 nafari qöllab-quvvatlagan. Deputatlar, şuningdek, “Qirğiziston” fraksiyasi yetakçisi Almazbek Baatirbekovni boş vazir birinçi örinbosari etib tayinlanişini qöllab-quvvatlaşgan.
Şuningdek, parlament a'zolari yiğiliş davomida Boronov rahbarligida faoliyat yurituvçi yangi hukumat dasturini, tuzilişini va tarkibini tasdiqlaşgan. Hukumatning yangi tarkibida katta özgarişlar yuz bermagan. Xodimlar almaştirilişidan taşqari, unga nomzodlarini Boronov taklif qilgan 2 yangi a'zo kirgan. Bular: hukumat apparati rahbari lavozimiga tayinlangan Taalaybek Temiraliyev hamda Axborot texnologiyalari va aloqa davlat qömitasi raisi lavozimiga tayinlangan Almazbek Ismailov.
Avvalroq, 15 iyunda Qirğizistonning endilikda sobiq boş vaziri Muhammatkaliy Abilgaziyev radioçastotalarning noqonuniy sotilişi bilan boğliq mojaro sababli iste'foga çiqdi.









