O‘zbekiston | 08:29 / 20.06.2020
20248
2 daqiqa o‘qiladi

Orxan Sivrikaya Uzbekistan Airways raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Uzbekistan Airways’ning boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga Turkiyadan jalb etilgan mutaxassis Orxan Sivrikaya tayinlandi.

Turkish Airlines’ning sobiq vitse-prezidenti Orxan Sivrikaya Uzbekistan Airways raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bundan Korporativ axborot yagona portalidagi ma'lumotlar darak bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yil 18 iyun kuni navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda Uzbekistan Airways AJning boshqaruv rais o‘rinbosari lavozimiga Turkiyadan jalb etilgan mutaxassis Orxan Sivrikayani tayinlash hamda Uzbekistan Airways AJning ijro apparati tuzilmasiga boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini kiritish hamda yangi ijro apparati tuzilmasini tasdiqlash masalalari ovozga qo‘yildi.

Portaldagi ma'lumotdan ko‘rish mumkinki, Uzbekistan Airways AJning boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimiga Turkiyadan jalb etilgan mutaxassis Orxan Sivrikaya tayinlangan, Uzbekistan Airways AJ ijro apparatining yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.

Uzbekistan Airways AJning boshqaruv raisi v.b. B. Hakimov o‘rnatilgan tartibda Orxan Sivrikaya bilan mehnat shartnomasi imzolanishini ta'minlashi belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil noyabr oyida Orxan Sivrikaya O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi raisining strategik rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgandi.

Orxan Sivrikaya 1967 yilda tug‘ilgan, texnika fanlari nomzodi, fuqarolik aviatsiyasi masalalarida taniqli top-menejyer. Bosfor universiteti (sanoat muhandisligi fakulteti, 1991 yil) bitiruvchisi. Turkiya, Yevropa va Shimoliy Amerikada aviayo‘nalishlarni rejalashtirish va boshqarish, yangi biznes-modellarni tashkil etish, marketing va daromadlarni boshqarish bo‘yicha mas'uliyatli lavozimlarda ishlagan. Turkish Airlines vitse-prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Mavzuga oid