Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur va Olmazor tumanidagi ayrim manzillarda sovuq suv o‘chiriladi
Manzillarga maxsus avtomashinalarda ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Joriy yilning 22 iyun kuni soat 22:00 dan 23 iyun kuni soat 23:59 ga qadar Beruniy ko‘chasida D-800 mm bo‘lgan toza ichimlik suvi quvurini ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bu Toshkent shahar Shayxontohur tumani suv tarmoqlarini 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, shu munosabat bilan ayrim manzillarda sovuq suv ta'minoti o‘chirilishi va suv bosimi pasayishi kuzatiladi.
Olmazor tumani bo‘yicha:
- B-1 dahasi;
- B-3 dahasi;
- Nurafshon ko‘chasi;
- Qorasaroy ko‘chasi;
- Eski Qorasaroy ko‘chasi;
- Sag‘bon 1,2-tor ko‘chalar;
- B.Zokirov ko‘chasi;
- Farobiy ko‘chasi;
- Ozod ko‘chasi;
- Janon ko‘chasi;
- Langar ko‘chasi;
- Zarqaynar va Zarqaynar tor ko‘chalari;
- A.Qodiriy ko‘chasi.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
- Markaz-26 mavzesi;
- Markaz-27 mavzesi;
- Markaz-28 mavzesi;
- "Ilg‘or" MFY;
- "Tinchlik" MFY;
- Beruniy ko‘chasi;
-Tinchlik ko‘chasi va Tinchlik tor ko‘chalari;
- "Sarxumdon" MFY;
- "Chaqar" MFY;
- "Gulbozor" MFY;
- Zafarobod MFY;
- "Bo‘ston" MFY ;
- Huvaydo MFY:
Suv ta'minotidan uzilgan fuqarolar 1054 qisqa raqamiga yoki 712526054, 712525578 raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. Qayd etilgan manzillarga maxsus avtomashinalarda ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
18:55 / 19.04.2026