Jahon | 08:21 / 22.06.2020
14158
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 9 milliondan oshdi 

Foto: Keystone Press Agency / Global Look

Worldometer portali ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 9 mlndan oshdi. Bundan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti so‘nggi sutkada dunyo bo‘yicha rekord sonda kunlik o‘sish qayd qilinganini ma'lum qilgan

Portalda berilgan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 9,046 mlndan, undan vafot etganlar soni 470 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

21 iyunda JSST rekord darajada kunlik o‘sishni qayd qilgan. Bir kun ichida dunyo bo‘ylab 183020 ta yangi kasallanish holati qayd qilingan, 4743 kishi vafot etgan.  

JSST bundan eng ko‘p kasallanish holatini (116 mingdan ko‘proq) Shimoliy va Janubiy Amerikada qayd qilgan. Shuningdek, 20 iyunda AQShning bir nechta shtatlarida rekord darajada kunlik o‘sish qayd qilingan.

Avvalri rekord kunlik o‘sish 106 mingtani tashkil qilib, 20 may kuni qayd qilingan.

Worldometer ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha AQSh 1-o‘rinni (2,356 mlndan ko‘proq), Braziliya 2-o‘rinni (1,086 mlndan ko‘proq) va Rossiya 3-o‘rinni (584 mingdan ko‘proq) egallamoqda.   

Mavzuga oid