Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi
Abituriyentga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi va kechki ta'lim shakllari uchun davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta'lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha, shuningdek, magistratura uchun mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi tasdiqlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabarida aytilishicha, Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko‘ra:
Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta'minlanadi (abituriyentga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan).
Shuningdek, oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.
Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma'lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abituriyentga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko‘zda tutilgan).
Mavzuga oid
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
18:21 / 13.08.2024