Ekoinspektorlar vakolati oshirildi
Endilikda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlarining davlat inspektorlari bevosita Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma'muriy jazo chorasini qo‘llashga huquqiga ega bo‘ladi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ikkinchi o‘qishda muhokama qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qabul qilingach, ekologik huquqbuzarlik uchun jazo muqarrarligi yanada kuchayadi.
Parlament saytida xabar qilinishicha, loyihada Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga davlat ekologik nazoratini amalga oshirish hamda tekshirish o‘tkazishga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek, jismoniy yoki yuridik shaxslarning ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarmaganligi uchun javobgarlik belgilash yuzasidan yangi modda kiritilib, Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar belgilanmoqda.
Bundan tashqari, prezidentning “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Kodeksga ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyalarining davlat inspektorlari tomonidan ham ma'muriy javobgarlik ishlarini yuritish bilan bog‘liq qo‘shimcha kiritilmoqda.
Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlashda siyosiy partiyalar fraksiyalari, qo‘mitalarda, keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingani, ayrim takliflar inobatga olingani qayd etildi.
Ushbu qonunning qabul qilinishi endilikda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlarining tuman va shahar inspeksiyalarining davlat inspektorlari bevosita Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma'muriy jazo chorasini qo‘llashga huquqiga ega bo‘ladi.
Bu tabiatga zarar yetkazish mumkin bo‘lgan shaxslarning javobgarligini kuchaytirish evaziga ma'muriy huquqbuzarliklarning miqdor jihatdan kamayishiga olib keladi.
Mavzuga oid
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
10:56 / 03.11.2024
Toshkent shahri havosida rekord darajada ifloslanish qayd etildi
21:13 / 31.10.2024
Tipratikan yo‘qolib ketish arafasidagi tur sifatida Qizil kitobga kiritildi
15:30 / 31.10.2024