Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
«24 iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

10 iyun kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Moldova, O‘zbekiston, Tojikiston, Serbiya va Xorvatiya rasmiylari joriy yil tashkil etilayotgan G‘alaba bayramida ishtirok etishi haqida aytgandi. Ammo keyinroq Turkmaniston va Xorvatiya rahbarlari Moskvaga bora olmasligini ma'lum qildi.
23 iyun holatiga ko‘ra, mehmonlarning yakuniy ro‘yxati e'lon qilinmadi.
Mavzuga oid
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026